2002-yil mart oyi oxirida shahar hokimiyati qarori bilan Peterburg teatrlaridan biriga ushbu teatrda qirq yildan ortiq — 1939-yildan 1981-yilgacha faoliyat koʻrsatgan mashhur artistning nomi berildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali kechada artistning farzandlari — Yekaterina va Konstantin ishtirok etishdi. Aytgancha, peterburgliklar ilgari ham bu teatrni "... teatri" deb atashardi. Kimning?