2001-yil dekabr oyida Kobulda Tolibon rejimi agʻdarilganidan keyin ilk futbol oʻyini boʻlib oʻtdi. Unga toʻrt mingga yaqin muxlis yigʻildi. Bu oʻyin Tolibon davrida Afgʻonistonda oʻtkazilgan oʻyinlardan tubdan farq qilar edi. Birinchidan, oʻyinchilar maydonga soqolsiz, shorti va maykalarda tushishdi, bu ilgari taqiqlangan edi — "Tolibon" hukmronligi yillarida futbolchilar uzun shimda oʻynashgan. Ikkinchidan, muxlislar oʻz hissiyotlarini faol ifoda etishdi, bu ham ilgari taqiqlangan edi. Eng asosiy farqi esa — oʻyin tanaffusida stadionda odatiy manzara koʻrinmadi. Qanday manzara?