Germaniyada deyarli barcha katta oʻlchamdagi oynalarga — shaffof bekatlar, vitrinalar va hokazolarga qushlarning siluetlari yopishtirilgan. Bu qushlarning koʻrinmas toʻsiqqa urilmasligiga yordam beradi deb hisoblanadi, chunki ular oʻz turdoshlarini koʻrib, darhol yoʻldan burilishadi. 2001-yil kuzida Germaniya boʻylab elektron xat tarqaldi, unda ilova qilingan tasvirni chop etish va derazalarga yopishtirish taklif qilingan edi. Qanday tasvirni?