2001-yil fevral oyida Moskvadagi "Dom" madaniyat markazida ushbu oʻta mashhur rassom tavalludining 123 yilligiga bagʻishlangan performans festivali boʻlib oʻtdi. Festival maslenitsa (quymoq sayli) kunlariga toʻgʻri kelgani sababli, tashkilotchilar turli badiiy aksiyalardan tashqari, tashrif buyuruvchilarga gʻayritabiiy shakl va rangdagi quymoqlarni taklif qilishdi. Kimning tugʻilgan kuni nishonlangan edi?