Ushbu davlatning nomi fors tilidan tarjima qilinganda "olov yigʻuvchi" degan maʼnoni anglatadi. Uning poytaxti gerbida ham olovlar bor. Siz esa ushbu davlatda tugʻilgan, bizning davlatimizda turlicha baholanadigan va 2001-yildan beri bir hayvon bilan bogʻliq boʻlgan shaxsni ayting. Bu hayvon esa oʻz navbatida bir dono hikmatda Minerva bilan bogʻlangan.