Bekronim nima ekanligini bilasizmi? Bekronim — bu dastlab nazarda tutilmagan, lekin akronim (yoki abbreviatura) sifatida talqin qilinadigan soʻz. Shunday qilib, 2001-yilda bir loyiha paydo boʻldi, uning nomi bir versiyaga koʻra, inglizcha bekronimdan olingan boʻlib, oʻzbekchaga "men biladigan narsa shuki..." deb tarjima qilinadi. Javob kartochkalaringizda ushbu loyihaning nomini oʻzbekcha yoki inglizcha koʻrinishda yozing.