2000-yillar boshida Hindistonning Assam shtatida boʻyi taxminan 3 metr keladigan fil paydo boʻladi va 2 yil davomida naqd 27 ta baʼzi manbalarga koʻra 14 ta odamning boshiga yetadi. Bundan tashqari u yuzdan ortiq uyni buzib tashlaydi. Juda ham aqlli boʻlgan ushbu fil taʼqibdan oson qochib qutilar, tez-tez dislokatsiyasini oʻzgartirib turgani uchun ovchilar uni tuta olishmasdi. 2006-yil 18-dekabr kuni ushbu fil otib tashlanadi. Biroq haligacha otib tashlangan aynan oʻsha fil boʻlgani haqida aniq dalillar yoʻq. Diqqat savol ushbu fil haqidagi maqolada 1957-yil Ar-Riyyodda tugʻilgan qaysi inson nomini koʻrish mumkin.