Xitoyda bolalar ota-onadan har qanday narsani, hatto eng yoqimsizini ham minnatdorchilik bilan qabul qilishi shart deb hisoblangan. Rivoyat qilishlaricha, 2000 yil avval bir xitoylik yigit keksaygan onasidan tayoq bilan kaltak yeyayotganida achchiq-achchiq yigʻlagan ekan. Hayron boʻlgan ayol oʻgʻlidan nima uchun odatdagidek saboq uchun rahmat aytmasdan yigʻlayotganini soʻrabdi. Namunali oʻgʻilning javobidan maʼlum boʻlishicha, koʻz yoshlariga maʼlum bir ortga qaytmas jarayon sabab boʻlgan ekan. Ushbu jarayonni ayting.