Bugungi kunda mashhur boʻlgan ushbu bayram, ehtimol, qadimgi keltlarning Lug xudosi sharafiga oʻtkaziladigan bayramidan kelib chiqqan. Butunjahon madaniyat institutining fikricha, bugungi kunda ushbu bayram tijorat maqsadlarida joriy etilmoqda. Faqatgina AQSHda 2000-yilda undan tushgan foyda 6,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Fransiyada esa ushbu bayram uchun kostyumlar tikadigan bitta firmaning daromadi atigi uch yil ichida yuz baravardan koʻproqqa oshdi. Bu qanday bayram?