Nigeriya poytaxti Lagos koʻchalarida yurish xavfli boʻlib qoldi. Qaroqchilar yo shinalarni teshib tashlaydi, yoki politsiya kiyimini kiyib olib harakatni toʻsib qoʻyadi. Bir guruh odamlar ziyofatdan mashinada qaytayotgan edi. Yoʻlda shlagbaum va forma kiygan odamlarni koʻrib, ular xavfni sezishdi va pullarini poyabzallariga yashirib, choʻntaklarida faqat mayda pullarni qoldirishdi. Soxta politsiyachilar 200 nayra yigʻib olib, mashinalarni qoʻyib yuborishdi. Lekin darhol yana toʻxtatib, hamma kiyimlarini yechishni buyurishdi. Bu safar oʻlja 4000 nayrani tashkil etdi. Yoʻlovchilarning taʼzirini berishgach, qaroqchilar boshligʻi xoʻrsinib shunday dedi: "Koʻryapsizmi, Nigeriyadagi barcha kulfatlarning sababi nimada — bu yerda deyarli yoʻq... ". Jumlani yakunlang.