Diqqat, blits! Har bir muhokama uchun 20 soniyadan uchta savol. G‘arbda azaldan odamlarning turli xil bandlik turlarini tavsiflash uchun "collar" — "yoqacha" tushunchasidan foydalaniladi. Oq yoqachalilar — xizmatchilar yoki ko‘k yoqachalilar — ishchilar keng ma’lum. Shuningdek, qora, kulrang, oltin, it yoqachalari va hokazolar ham bor. Bunda assotsiativ qatorlar turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir savolga bir so‘z bilan javob bering. 1. "Yashil yoqachalilar" kimlar? 2. "Ochiq yoqachalilar" kimlar? 3. "Po‘lat yoqachalilar" kimlar?
1. Ekologlar. 2. Uyda o‘tirib ishlovchilar. 3. Robotlar.