gotquestions.online

Maʼlumki, Vindzor qasrining ichki qismi lord-kamerger departamenti tasarrufida, tashqi qismi esa oʻrmonlar va bogʻlar boshqarmasi yurisdiksiyasida boʻlgan. Har bir idora oʻz tomonidan maʼlum bir ishni vijdonan bajargan. Ammo ular oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli ushbu oddiy xoʻjalik "tadbiri" ikki kunga choʻzilib ketardi. Nihoyat, oʻtgan asrning 20-yillarida har ikki idoraning maxsus yigʻilishidan soʻng kelishuvga erishildi. Oʻshandan beri bir kunda bajarilayotgan ushbu "tadbir"ni ayting.

Manba