Tailanddagi kollejlarning birida oʻn minglab mana shunday "oʻquvchilar" tahsil oladi. Kurslar uch va olti oylik oʻqishni koʻzda tutadi. Keyin bitiruvchilar mehnatsevar "ishchilar"ga aylanishadi va fermerlar orasida talabgir boʻlishadi, chunki ular uch yoshidan ish boshlab, 20 yoshgacha mehnat qilishadi, ustiga-ustak maosh ham talab qilishmaydi. Gap kim haqida ketmoqda?
Asosan kokos plantatsiyalarida ishlatiladigan maymunlar haqida.