20-asrning 80-yillarida bir bankir oʻz merosxoʻriga katta miqdorda meros qoldiradi. Faqat vasiyatnoma shartiga koʻra, merosxoʻr bankirning tobutiga 30 ming dollar qoʻshib koʻmishi lozim edi. Merosxoʻr dafn marosimida yuridik tomondan bankirning shartini toʻliq bajargan, ammo buning natijasida merosxoʻrga hech qanday moddiy zarar yetmagan. Savol, merosxoʻr nima qilgan?