"Komsomolskaya pravda" yozishicha, Stavropol shahri turgʻuni, garchi paradoksal boʻlsa-da, 20 yildan beri AMERIKANI OCHMOQDA va ancha muvaffaqiyatlarga erishdi. "Delovaya pressa" elektron gazetasi esa bolaligida samolyotlar qurishni orzu qilgan, ammo baribir butun umri davomida AMERIKANI OCHAYOTGAN Xabarovsk turgʻuni haqida yozadi. Endi siz AMERIKANI OCHISHGA urinib vaqt sarflamang va biz "AMERIKA" soʻzi bilan nimani almashtirganimizni yozing.