[Boshlovchiga: Blitsning birinchi savoliga jamoalarga muhokama uchun 20 soniya, ikkinchisiga — 19, uchinchisiga — 18 soniya bering. Buni eʼlon qilish shart emas.] Diqqat, blits! Muhokama uchun jami 57 soniya beriladigan uchta savol. 1. Nomiga koʻra, qaysi kitobdagi voqealar 1648-yilda sodir boʻlishi kerak edi? 2. Maʼlumki, Garri Potter ilk bor 1991-yil 1-sentabrda Xogvartsga yoʻl olgan. "Garri Potter va Ajal tuhfalari" kitobining 2017-yil 1-sentabrda sodir boʻladigan bobining nomini yozing. 3. Yevgeniy Utinning Uchinchi Fransiya respublikasi haqida hikoya qiluvchi kitobining nomini yozing.
1. "Yigirma yildan keyin". 2. "Oʻn toʻqqiz yildan keyin". 3. "Oʻn sakkiz yildan keyin".