1896-yil 20-yanvarda Amerikada, Dortmut shahrida (baʼzi Dortmund oʻyinchilariga eshitilgandek Dortmundda emas) Eddi Mak-Karti ismli kishi qoʻlini sindirib, avval kasalxonaga, keyin esa jahon fani tarixiga kirdi. Uning ismi gazetalarda tilga olindi, u oʻz shahrida mashhur shaxsga aylandi va bularning barchasiga u birinchi inson boʻlgani sabab boʻldi... uning birinchiligi nimada edi?
U dunyoda rentgen tasviri yordamida toʻgʻri tashxis qoʻyilgan birinchi inson boʻldi.