Blits. Har biri 20 soniyalik muhokamadan iborat uchta savol. Plutarxning yozishicha, bir kuni Brutning rafiqasi Portsiya eriga oʻz irodasini isbotlashga qaror qilgan. 1. Blitsning birinchi savoli. XVII asrga oid “Portsiya oʻziga jarohat yetkazmoqda” kartinasida jarohatni UNDA koʻrish mumkin. UNI bir soʻz bilan ayting. 2. Blitsning ikkinchi savoli. XVI asrda ushbu syujet boʻyicha mashhur kartina yaratilmagan, ammo savol muallifining fikricha, agar u chizilganida edi, biz jarohatni UNDA koʻrgan boʻlardik. UNI bir soʻz bilan ayting. 3. Blitsning uchinchi savoli. XV asrga oid “Brut va Portsiya” kartinasida jarohatni UNDA koʻrish mumkin. UNI bir soʻz bilan ayting.