Blits. Har biriga 20 soniyadan muhokama vaqti beriladigan uchta savol. Iltimos, blitsning uchinchi savolini kuting va shundan keyingina javoblarni topshiring. 1. Agar xitoylik mashhur boʻlib ketsa, unga: «Sen YUQORISAN» deyishadi. Biz qaysi soʻzni almashtirdik? 2. Agar xitoylik oʻzini odobsiz tutsa, unga: «Sen OʻRTASAN» deyishadi. Biz qaysi soʻzni almashtirdik? 3. Agar xitoylikka xotini xiyonat qilsa, unga: «Sen PASTSAN» deyishadi. Biz qaysi soʻzni almashtirdik?