Blits: har bir savolga 20 soniyadan muhokama. Javoblar bitta blankda topshiriladi. 1. Belarus yozuvchisi Andrey Fedorenko armiyada xizmat qilayotganida ukrainalik safdoshlari bilan munosabatlari yaxshi boʻlganini, bunga BIRINCHI ham sabab boʻlganini taʼkidlagan. BIRINCHINI ayting. 2. «Santaning shogirdi» multserialining bosh qahramoni Nikolas doʻstlariga oʻqituvchi uni yetim boʻlgani va IKKINCHI sababli tanlaganini tushuntiradi. IKKINCHINI ayting. 3. Eduard Kocherginning romanidagi keksa nogiron Gosha oʻzini toʻlaqonli odam deb hisoblamasligini, shuning uchun UCHINCHI unga berilmasligini aytadi. UCHINCHINI ayting.