Blits. Har biri 20 soniyadan uchta savol. 1. Kaliforniya universiteti futbol jamoasi “Fermerlar”, Kaliforniya politexnika universiteti jamoasi esa “Mustanglar” laqabini olgan. Jamoalar oʻrtasidagi yillik oʻyin gʻolibi mukofot sifatida BIRINCHIni oladi. BIRINCHIni ikki soʻz bilan ayting. 2. Shuhratparast Filippo Kavichuolli IKKINCHIlardan foydalanish odati tufayli “Arjenti” laqabini olgan. IKKINCHIni ikki soʻz bilan ayting. 3. Uilyam Dous Amerika koʻngilli qoʻshinlarini Britaniya qoʻshinlari hujum qilayotgani haqida ogohlantirishga ulgurgan. Dousga qoʻyilgan yodgorlik koʻprikka muhrlangan bir necha juft UCHINCHIdan iborat. UCHINCHIni ikki soʻz bilan ayting.