BLITS. Har bir muhokama uchun 20 soniyadan uchta savol. Javoblar bitta blankda topshiriladi. 1) Birinchi IKS kulrang edi, ikkinchi IKS oq edi. IKS-ni ayting. 2) Rimliklar ma’lum holatlarda toshbaqadan, Livoniya ritsarlari esa ALFADAN foydalanishgan. ALFA-ni ayting. 3) G‘arb gender bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan universal murojaat shaklini qidirayotgan bir paytda, bizda bunday murojaatdan faol foydalanish qariyb 100 yil oldin boshlangan. Gap qaysi so‘z haqida ketmoqda?