Yaqinda savol muallifi Amerika jangovar filmlarining sikvellariga parodiya qilingan qisqa rolikni koʻrib qoldi. Parodiya "IKS 2 — qaytish" deb nomlangan edi. Bir vaziyatda oʻz dushmanlarini shafqatsizlarcha jazolayotgan bosh qahramonning idishida (flyajka) "US ARMY" yozuvi koʻrinadi. IKS kimligini topgan holda, rolikning keyingi kadrlaridan birida idishda koʻrinadigan yana uchta harfni yozing.