Yaqinda Angliyaning Vulverhempton shahrida gʻayritabiiy musobaqa oʻtkazilishi eʼlon qilindi, unda ishtirokchilar yuk bilan 2 kilometr masofani bosib oʻtishlari kerak edi. Bunday musobaqada hech qanday gʻayriqonuniy narsa yoʻqdek tuyulsa-da, uni oʻtkazishga qarshi jiddiy eʼtirozlar paydo boʻldi. Buning sababi, tashkilotchilar musobaqa ishtirokchilarini qaysidir "eng zoʻr Chidamli Yigit"ning izdoshlari deb eʼlon qilgani va hatto reklama prospektida uning tasvirini tushirgani boʻlishi mumkin. Unda kim tasvirlangan edi?
Iso Masih. (Musobaqa ishtirokchilari oʻz yelkalarida xochni koʻtarib borishadi.)