Uning otasi, Oltoy oʻlkasi Kosixin tumani Verxneye Jilino qishlogʻining oddiy dehqoni Pushkinni juda yaxshi koʻrgan, shuning uchun uning singlisiga Zemfira deb ism qoʻyishgan. Unga esa Sovet Ittifoqi Qahramonidan tashqari Bolgariya Xalq Respublikasi Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Vyetnam Demokratik Respublikasi Mehnat Qahramoni, Moʻgʻuliston Xalq Respublikasi Qahramoni unvonlari berilgan. U ikkita Lenin ordeni, Georgiy Dimitrov, Karl Marks ordenlari, Ruminiya Xalq Respublikasi Yulduzi, Indoneziya 2-darajali Yulduzi bilan taqdirlangan hamda Kaluga, Sevastopol, Barnaul, Yurmala va Varna shaharlarining faxriy fuqarosi etib saylangan. Uni ayting.