Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan 2 ta savol. Duplet savollariga javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Avliyo Zenaida va Filonella kambagʻallarni davolashgan, shuning uchun kanonizatsiyadan soʻng ULAR qatoriga kiritilgan. ULARNI ayting. 2. Bir karikaturada hozirda umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan shaxs konchilar shahriga kirishdagi yoʻl belgisidagi ma’lumotni tuzatmoqda. Ushbu shaharni ayting.