Duplet (har biri 30 soniyadan 2 ta savol) 1. Koʻplab gipotezalar muallifi, olim Pit Borst xodimlari uchun mukofot taʼsis etgan. Taʼkidlanishicha, bir necha bor «IKS uchun» degan taʼrif bilan shokoladli batoncha asosli ravishda Borstning oʻziga nasib etgan. IKSni yunoncha soʻz bilan ayting. 2. Shubhali bir taxminga koʻra, 1835-yilda Pyemontda tugʻilgan insonning familiyasi etimologik jihatdan IKS bilan bogʻliq boʻlib, «kuzatuvchi» maʼnosini beruvchi soʻzga borib taqaladi. Biroq, bu shunchaki kimningdir tasavvuri. Ushbu insonni ayting.