[Boshlovchiga: jamoalarga «ALFA» va «IKS» soʻzlari qoʻshtirnoq ichida ekanligini aytmang.] Mixail Kolesov yigirmanchi asr siyosatchilariga bagʻishlangan mualliflik toʻplamini chiqardi. DUPLET. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan 2 ta savol. Javoblar bitta blankda topshiriladi. 1. Savol muallifining fikricha, Mixail Kolesov sotsializmdan demokratiyaga oʻtishga salbiy munosabatda, chunki ushbu toʻplamda Gorbachyov, Yeltsin, Valensa va Gavel – ALFAlardir. Boshqa bir «ALFA» 1976-yilda paydo boʻlgan. ALFA nima? 2. Savol muallifining fikricha, Mixail Kolesov kommunistik gʻoyalarga ijobiy munosabatda, chunki ushbu toʻplamda Lenin va Stalin – IKSlardir. Boshqa bir «IKS» 2019-yilda paydo boʻlgan. IKS kim?