Duplet savol. 30 soniyadan muhokama qilinadigan 2 ta savol. 1. Ushbu firmani tashkil etgan zavodlar joylashgan shaharlar orasidagi masofa 146 kilometrni tashkil etadi, shuning uchun yukni biridan ikkinchisiga taxminan ikki soatda yetkazish mumkin. Ushbu firmani ayting. 2. Bu duplet savol. 15 soniyadan muhokama qilinadigan 2 ta savol. 2.1. "Indira Gandi" aeroportiga qoʻnish vaqtida yonib ketgan samolyot yoʻlovchilari bu lahza haqidagi xotiralarni saqlab qolishni istashmasa kerak. Ushbu aeroportning uch harfli kodini yozing. 2.2. Bu duplet savol. 7,5 soniyadan muhokama qilinadigan 2 ta savol. 2.2.1. XX asrning ikkinchi yarmigacha bu soʻzni rohiblar bir-birlariga yozgan xatlarida ishlatib turishgan, uni qoʻllashning ilk holatlaridan biri Britaniya parlamentining ikki aʼzosiga tegishli edi. Bu soʻzni yozing. 2.2.2. "Katta kitob — 2010" tanlovida kitobxonlar ovoziga koʻra birinchi oʻrinni egallagan romanning qisqa nomini yozish uchun sizga "vaqt" yetarli boʻladi.