gotquestions.online

Uning farzandlari, albatta, ancha koʻp boʻlgan. Ammo otasining kasbini faqat uch nafari meros qilib olgan. Ularning har birida 2-3 tadan ism boʻlgan va mutaxassislar ularni adashtirmaslik uchun kattasini — "gallcha", oʻrtanchasini — "berlincha" yoki "gamburgcha", kichigini esa — "milancha" yoki "londoncha" deb atashgan. Ammo ularning hech biriga otasining shuhratiga erishish nasib etmagan. Ularning umumiy familiyasini ayting, bunda sizga toʻrtta nota yordam bersin: "si-bemol", "lya", "do" va "si".

Manba