Amazonka selvasida qurgʻoqchilik davri boshida faqat bir nechta turdagi daraxtlarning mevalari pishadi. Shuning uchun u yerda yashovchi koata maymunlari har qanday pishgan yeyishli mevalarni ochkoʻzlik bilan yeyishadi. Bir turdagi mevalarni esa, hatto pishgan va isteʼmolga yaroqli boʻlsa ham, 2-3 kun tegmasdan qoldiradilar va shundan keyingina yeyishadi. Ular buni ochlik yoki chanqoqni qondirish uchun emas, balki baʼzilaringizga tushunarli boʻlishi mumkin boʻlgan sababga koʻra qilishadi. Bu qanday sabab va koatalarning bunday xatti-harakati tilga olingan mevalarning qaysi xususiyati bilan bogʻliq?