Ularni astronomiya va matematikada uchratish mumkin. Ularning tarkibiy qismlari astronomiyada oʻz nomlariga ega, matematikada esa bir-biridan 2 ga farq qiladi. Astronomiyada ularning soni chekli, matematikada esa ularning toʻplami chekli ekanligi haqidagi savol hali ham ochiq qolmoqda. Bir sovet ertagi qahramoni ularni bir kishi deb oʻylagan. Bu kishining bir-biridan 1 ta harf bilan farq qiladigan 2 ta laqabi bor edi, aynan shu laqablarni bir daqiqadan soʻng aytishingiz kerak.