Film davomida koʻp marta takrorlangani sababli, bosh qahramonning ismi Fil Konners ekanligi esda qoladi. Aytgancha, bayram sababchisi boʻlgan kemiruvchining ismi ham Fil. Boshqa narsalar qatori, qahramon Fil Konners oʻzini Xudo deb eʼlon qiladi va bunga maʼlum huquqlari bor — axir u oʻlmas, Pensilvaniyadagi kichik shaharchaning koʻplab aholisini taniydi. Xoʻsh, 2-fevral kuni Pensilvaniyada qanday bayram nishonlanadi?