Bir kuni I.F.Betger qirol qabulidan oldin parigini toʻgʻrilash va upalash uchun sartaroshga kirdi. Oʻsha paytlarda upa sifatida mayda maydalangan guruch unidan foydalanilgan. Parigiga ishlov berilayotganda, Betger unning sifatini tekshirib koʻrmoqchi boʻldi. Barmoqlarini hoʻllab, upani ishqalay boshladi va kutilmaganda uning juda plastik ekanligini sezdi. Mijozning bu qanday upa degan gʻazabli savoliga sartarosh, shahardagi barcha sartaroshlar guruch uni oʻrniga allaqachon oq tuproqdan foydalanayotganini aytib, sirini qirolga aytmaslikni oʻtindi. Ziyorak Betger sartaroshdagi barcha upani olib qoʻydi. U 1709-yil 2-martda qirolga nima taqdim etdi?