1999-yil boshida "Advertising Age" jurnali eng yaxshi reklama kampaniyalari reytingini tuzdi. Nominatsiyalar orasida "eng yaxshi shior" ham bor edi. Ushbu nominatsiyada sovrin olgan ikki shiorning biri yirik davlatlar shartnoma tuzishdan hazar qilmaydigan firma mahsulotini reklama qilar edi. Ushbu firmaning reklama kampaniyalaridan biri oʻz mahsulotini sevimli ayolingizga — uning oʻzi kabi noyob sovgʻa sifatida taqdim etishni taklif qilgan. Sovrinni qoʻlga kiritgan shior esa 1971-yilda ekranlarga chiqqan va bosh qahramon rolini ijro etgan eng yaxshi aktyor uchun oltinchisi boʻlgan film nomining birlik shaklidir. Gap qaysi kompaniya haqida ketmoqda?