1999-yil oxirida "New York Post" gazetasi kompyuter saytining 12 mingga yaqin foydalanuvchisi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida tuzilgan "Ming yillikning eng yovuz 25 kishisi" reytingini eʼlon qildi. Birinchi oʻnlikdan Gitler, Stalin, Pol Pot, Saddam Husayn kabi shaxslar joy olgan boʻlsa-da, oʻquvchilar soʻrovnomaga oʻziga xos yumor bilan yondashishdi. 2 va 6-oʻrinlarni hech qanday alohida yovuzliklari bilan ajralib turmagan bir juftlik egalladi. Bu odamlar kimlar?