Amerika shtati Nyu-Meksiko qonunlariga koʻra, agar mer saylovlari natijasida ikki nomzod teng miqdorda ovoz olsa, gʻolib aynan SHU usul bilan aniqlanadi. 1998-yil boshida Estansiya shaharchasidagi saylovlarda nomzodlar Jeyms Farrington (erkak) va Joan Karlson (ayol) teng ovoz toʻplashdi, shundan soʻng Farrington xonimni yutib, orzu qilingan lavozimni egalladi. Nyu-Meksiko shtatida saylov gʻolibi qanday usul bilan aniqlanadi?