Savol muallifi jamoasi "Zakovat"ning navbatdagi bosqichida ishtirok etdi. Kam uchraydigan ismli jamoa aʼzolaridan biriga qiyin vazifa tushdi — u har doim soʻnggi soniyada yoziladigan javob varaqalarini olib borishi kerak edi. Bu jarayonda jamoa ushbu ishtirokchiga qarata bir iborani tez-tez takrorlab turdi. Bu ibora 1998-yilgi kult film nomiga toʻliq mos kelardi. Vladimir Vladimirovichni eslang va bir daqiqadan soʻng ushbu iborani keltiring.