Viktor Mills 1997-yilda 100 yoshida vafot etdi. "Dengi" jurnali u haqida shunday yozadi: "Nima uchun u oʻzining daho ixtirosini oʻz nomi bilan atamaganini tushunsa boʻladi. Ammo u shunchalik oʻta ozoda boʻlmaganida, butun dunyo bolalari uning ismini "ada" va "aya" soʻzlari bilan bir vaqtda oʻrgangan boʻlardilar". Bizga maʼlum boʻlgan bu ixtironing nomi ingliz tilidagi "erkalatmoq" feʼlidan olingan. Gap qaysi ixtiro haqida bormoqda?