Maʼlumki, Nil Armstrong Oyga qadam qoʻygach, afsonaviy "Inson uchun kichik qadam, insoniyat uchun ulkan sakrash" iborasini aytgan. Ammo shundan soʻng darhol u past ovozda, astronavtlar ish yuzasidan gaplashgandek (va buni millionlab tomoshabinlar eshitgan) "Omad, janob Gorskiy" degan. Parvozdan keyingi matbuot anjumanlarida u yuzlab marta bu nima degani va janob Gorskiy kim degan savolni olgan, lekin biror marta javob bermagan. Va nihoyat, 1996-yilning kuzida u buni aytib berdi va buni janob Gorskiy yaqinda vafot etgani bilan izohladi. Bolaligida Nil akasi bilan beysbol oʻynayotgan boʻladi. Akasi toʻpni qattiq uradi va toʻp qoʻshnilari janob va xonim Gorskiylarning yotoqxonasi derazasi tagiga tushadi. Nil toʻpni olgani yugurib boradi va xonim Gorskiyning eriga aytgan gapini eshitib qoladi: "Oral seks? Sen oral seksni xohlayapsanmi???...". Iltimos, xonim Gorskiyning fikrini yakunlang.
"Qachonki qoʻshnining bolasi Oyda sayr qilsa, oʻshanda uni olasan!!!".