1996-yil oxirida Fransiyaning BMTdagi vakili BMT apparatini Nyu-Yorkdan boshqa joyga ko‘chirish kerakligini aytdi. Ushbu shov-shuvli bayonotga Nyu-York meriyasining BMT huquqshunoslari fikricha xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzuvchi qarori sabab bo‘ldi. Meriya qarorida aynan nima deyilgan edi?
BMT vakillari ham boshqa nyu-yorkliklar kabi AVTOMOBILLARNI NOTO‘G‘RI TO‘XTATGANLIK UCHUN JARIMA TO‘LASHLARI kerakligi haqida.