1995-yil, oktyabr. US NAVAL SHIP va Nyufaundlend qirgʻogʻining Kanada tomoni oʻrtasidagi radioaloqa. Amerikaliklar: "Toʻqnashuvning oldini olish uchun kursingizni 15 daraja shimolga oʻzgartiring". Kanadaliklar: "Kursni 15 daraja janubga oʻzgartirishingizni maslahat beramiz". "Bu Amerika harbiy-dengiz kemasi kapitani. Takrorlayman, kursingizni oʻzgartiring!". "Yoʻq. Takrorlayman, kursingizni oʻzgartiring!". "Bu Amerika HDKning "Linkoln" aviatashuvchisi. Biz bilan uchta kreyser, uchta esminets va yordamchi kemalar bor. Kursingizni 15 daraja shimolga oʻzgartirishingizni talab qilaman, aks holda kemam xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻraman". Kanadaliklar kursni oʻzgartirishdan bosh tortishlarini qanday asoslashgan?