1995-yil avgust oyida matbuotda "Fiat" konsernining tarkibiy qismlaridan biri nafaqat ushbu konsernning yordamiga murojaat qilishga, balki 75 million dollar miqdoridagi katta mablagʻni toʻplash uchun "Shell", "Marlboro", "Dekra" kompaniyalari bilan ittifoq tuzishga majbur boʻlgani haqida xabar tarqaldi. Qanday maqsadda?
Mixael Shumaxerning "Ferrari" jamoasi bilan ikki yillik shartnomasini taʼminlash uchun.