1995-yilda YUNESKO tomonidan nashr etiladigan "Tarjimalar koʻrsatkichi"ning navbatdagi soni chiqdi. Unda 1992-yilgi tarjima kitoblariga oid maʼlumotlar bor edi. Birinchi oʻrin — 18 tilda 196 ta nashr bilan Agata Kristi, ikkinchi oʻrin — 168 ta nashr bilan Disney komikslari. Tarjimalari soni 1981-yildagi 370 tadan 1992-yilda 13 taga tushib ketgan muallifni ayting.