Vatikandagi Muqaddas Taxt pochta idorasi 1994-yilda mashhur bir inson portreti tushirilgan markalar turkumini chiqardi. Qizigʻi shundaki, markalar Rim papasi Ioann Pavel II tomonidan eʼlon qilingan ushbu shaxsning "reabilitatsiya" qilinishidan ikki yil oʻtib dunyo yuzini koʻrdi. Bu insonning ismini ayting.