Yana futbol haqida. 1994-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan bir hajviy ko‘rsatuv yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan emish. Ular Rossiya terma jamoasi tarkibida turnirga borishi kerak bo‘lganlarni aytishlari lozim edi. Bir ukrainalik, xususan, Viktor Onopko, Ivan Getsko, Dmitriy Radchenko, Oleg Salenkolarni aytdi. Bu qatorga negadir SSKA yarim himoyachisi ham qo‘shilib qoldi. So‘ralgan kishi shunday izoh berdi: «Axir qanday qilib – Rossiya terma jamoasi bo‘lsa-yu, ...siz bo‘lsa?» Uning jumlasini mutlaqo aniq yakunlang.