1994-yilda bir nemis talabasi internetda yaratgan memga koʻra, aslida Bilefeld nomli shahar mavjud emas. Bu mem virtual olamda shunchalik mashhur boʻlib ketdiki, minglab odamlar shahar maʼmuriyatiga qoʻngʻiroq qilib, xat yozib, shaharning haqiqatan ham bor-yoʻqligini bilishga harakat qilishdi. Nihoyat, bu gap-soʻzlarga chek qoʻyish uchun 5 yildan soʻng – 1999-yilda Bilefeld shahar maʼmuriyati matbuotda bayonot berib, shaharning haqiqatan ham mavjudligini bildirdi. Xoʻsh, nima uchun ushbu bayonotdan keyin ham koʻpchilik oʻz fikrida qoldi?