1993-yildan boshlab Germaniya, Avstriya va Fransiya hududlarida 40 ta jinoyat sodir etildi, ularning joyida bir xil ayolning DNK namunalari topildi. Politsiya hech qanday iz topa olmadi, jinoyatlar oʻrtasida ham umumiylik yoʻq edi. Nihoyat, 2009-yilda ushbu ayolning shaxsi aniqlandi. U bir Avstriya fabrikasining ishchisi boʻlib chiqdi. Ushbu fabrika nima ishlab chiqarganini ikki soʻz bilan ayting.