1990-yillarning boshida guruh xalqaro muvaffaqiyatga erishmoqchi edi. Buning uchun yangi qoʻshiq mashhur prodyuserga yuboriladi. Avvaliga u qoʻshiqni rad etadi, lekin audio-kasseta prodyuserning magnitofonida tiqilib qoladi. Bir necha bor qoʻshiqni tinglashga majbur boʻlgan prodyuser guruh bilan ishlashga rozi boʻladi. Natijada guruh barcha istaklariga erishadi. Savolda qaysi qoʻshiq haqida soʻz bormoqda?