1990-yillarda Londonda bir guruh rassom ruxsatsiz yashash joyi bo‘lmagan binani egallab olishgan edi. Qizig‘i shundaki, bunga qarshi kurashayotgan shahar rasmiylari ushbu rassomlarni haydab chiqarish uchun X-lardan foydalanishni o‘ylashgan. X haqidagi maqolada bir necha bor boshqa hayvon — kapalak qurti ham tilga olinadi. X nima ekanligini chet eldan o‘zlashgan so‘z bilan yozing.